Mijozlarning huquq va majburiyatlari
Arizachi huquqli
- mahsulot uchun belgilangan sxemalardan birini tanlash;
- sertifikatlash jarayoni va muddatlari haqida ma’lumot olish;
- ma’lumotlarining maxfiyligiga;
- organ qarori yoki xatti-harakatidan shikoyat yoki apellyatsiya berishga;
- shikoyat yoki apellyatsiya bergani uchun kamsitilmaslikka.
Arizachi va sertifikat egasi majbur
- sertifikatlash talablariga rioya qilish va zarur hujjatlarni taqdim etish;
- namuna olish, baholash va davriy baholash uchun sharoit yaratish;
- sertifikat va muvofiqlik belgisidan faqat sertifikatlangan mahsulot uchun foydalanish;
- mahsulot konstruksiyasi, tarkibi yoki texnologiyasidagi o‘zgarishlar haqida organni xabardor qilish;
- sertifikat to‘xtatilgan yoki bekor qilinganda unga ishora qiluvchi reklama materiallaridan foydalanishni to‘xtatish;
- shartnoma bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish.
