Texnik komissiya
Texnik komissiya texnik ekspertlardan iborat bo‘lib, baholash natijalarini tahlil qiladi va sertifikat berish (berishni rad etish) to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
S.13
Natijalarni tahlil qilish
Sinov bayonnomalari va ularning kirish nazorati, identifikatsiya va ishlab chiqarishni baholash dalolatnomalari, arizachi hujjatlari tahlil qilinadi.
S.14
Qaror qabul qilish
Sertifikat berish yoki rad etish to‘g‘risidagi qaror 502-son qarorning 7-ilovasidagi shaklda rasmiylashtiriladi.
Mustaqillik qoidalari
- ariza bo‘yicha baholashda qatnashgan yoki arizachiga maslahat bergan a’zo shu ariza bo‘yicha tahlil va qarorda qatnashmaydi (O‘z DSt ISO/IEC 17065, 7.6);
- har bir arizani ko‘rib chiqishdan oldin a’zo manfaatlar to‘qnashuvi yo‘qligini tasdiqlaydi;
- a’zo qaysi sinov laboratoriyasi bilan bog‘liq bo‘lsa, o‘sha laboratoriya bayonnomalari ishlatilgan arizalarni ko‘rib chiqmaydi.
