Akkreditatsiya: O‘ZAK.MS.0078 · O‘z DSt ISO/IEC 17065:2015 Tel.: +998 90 007-58-83 · test_mebel@mail.ruO‘zРусEng
TEST MEBEL TEST MEBELMahsulotlarni sertifikatlashtirish organi Ariza topshirish

Autsorsing xizmatlari

Sertifikatlash sinovlarining asosiy qismi “TEST MEBEL” MChJ tarkibidagi, O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 bo‘yicha akkreditatsiyalangan o‘z sinov laboratoriyamizda o‘tkaziladi — bu ichki resurs. Agar sinov dasturidagi ayrim sinovlar laboratoriyamiz akkreditatsiya sohasiga kirmasa, ular tashqi akkreditatsiyalangan laboratoriyaga autsorsingga beriladi (O‘z DSt ISO/IEC 17065, 6.2.2; PSK-01, PSK-08).

Autsorsingga beriladi

  • o‘z laboratoriyamiz akkreditatsiya sohasiga kirmaydigan sinovlar — faqat sohasi tegishli mahsulot va usullarni qamrab olgan, organ tomonidan baholangan va tasdiqlangan laboratoriyalar ro‘yxatidagi laboratoriyalarda.

Autsorsingga berilmaydi

  • arizani ko‘rib chiqish va u bo‘yicha qaror;
  • baholash natijalarini tahlil qilish;
  • sertifikat berish (rad etish), to‘xtatish va bekor qilish to‘g‘risidagi qaror.

Autsorsingdan foydalanganda organ

  • autsorsingga berilgan barcha ishlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasida qoldiradi;
  • laboratoriya bilan maxfiylik va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash talablari kiritilgan yozma shartnoma tuzadi;
  • laboratoriya va uning xodimlari arizachi faoliyatida ishtirok etmaganini, xolislikka xavf yo‘qligini ta’minlaydi;
  • laboratoriyaning akkreditatsiya holatini tekshiradi va har bir sinov bayonnomasini kirish nazoratidan o‘tkazadi (PSK-12);
  • arizachini autsorsingdan foydalanish haqida ariza bo‘yicha qarorda laboratoriyani ko‘rsatish orqali oldindan xabardor qiladi; arizachi e’tiroz bildirsa, boshqa akkreditatsiyalangan laboratoriya jalb qilinadi;
  • laboratoriyalarni yiliga kamida bir marta monitoring qiladi.

Hamkor laboratoriyalar ro‘yxati so‘rov bo‘yicha taqdim etiladi.