Sinovlar
Sertifikatlash sinovlari “TEST MEBEL” MChJ tarkibidagi, O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 bo‘yicha akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasida o‘tkaziladi. Laboratoriya sohasiga kirmaydigan sinovlar tashqi akkreditatsiyalangan laboratoriyaga beriladi (autsorsing). Arizachi laboratoriyada sinov o‘tkazishga e’tiroz bildirsa, boshqa akkreditatsiyalangan laboratoriya jalb qilinadi. Organ mutaxassisi namunalarni arizachi ishtirokida joyida oladi, identifikatsiya qiladi va laboratoriyaga yetkazib beradi.
- namuna olish va identifikatsiya dalolatnomasi PSK-09 bo‘yicha rasmiylashtiriladi;
- 4С sxemasida buyum shikastlanmaydigan usullar bilan sinaladi;
- sinov bayonnomasi qarorga asos bo‘lishdan oldin kirish nazoratidan o‘tadi (PSK-12);
- sinovdan keyin namunalar dalolatnoma bo‘yicha qaytariladi yoki hisobdan chiqariladi.
