Akkreditatsiya: O‘ZAK.MS.0078 · O‘z DSt ISO/IEC 17065:2015 Tel.: +998 90 007-58-83 · test_mebel@mail.ruO‘zРусEng
TEST MEBEL TEST MEBELMahsulotlarni sertifikatlashtirish organi Ariza topshirish

Sinov laboratoriyalari

Sertifikatlash sinovlari faqat akkreditatsiyalangan va organ tomonidan baholanib, tasdiqlangan laboratoriyalar ro‘yxatiga (PSK-08) kiritilgan sinov laboratoriyalarida o‘tkaziladi. Laboratoriya arizani ko‘rib chiqish bosqichida mahsulot va sinov usullari uning akkreditatsiya sohasiga kirishini hisobga olib tanlanadi; arizachi bu haqda ariza bo‘yicha qarorda xabardor qilinadi.

LaboratoriyaAkkreditatsiya attestatiJoylashuviHolati
“IDEAL TESTING” MChJ sinov laboratoriyasiO‘ZAK.SL.0410Toshkent shahritasdiqlangan
“O‘zbekiston standartlar instituti” DM sinov laboratoriyasiO‘ZAK.SL.0207Toshkent shahritasdiqlangan
“O‘zbekiston standartlar instituti” DM sinov laboratoriyasi (kompleks)O‘ZAK.SL.0309Toshkent shahritasdiqlangan
“O‘zbekiston standartlar instituti” DM “Quality And Safety-Testing” sinov laboratoriyasiO‘ZAK.SL.0259Toshkent shahritasdiqlangan
“O‘zbekiston standartlar instituti” DM “UzMetConstruction” sinov laboratoriyasi (kompleks)O‘ZAK.SL.0332Toshkent shahritasdiqlangan

Attestatni akkred.uz reyestrida tekshirish →

Laboratoriyalar qanday tanlanadi va nazorat qilinadi

  1. Akkreditatsiya holati va sohasi milliy reyestrda (akkred.uz) tekshiriladi.
  2. Laboratoriya bilan maxfiylik va xolislik talablari kiritilgan yozma shartnoma tuziladi.
  3. Organ laboratoriyani baholaydi va tasdiqlangan laboratoriyalar ro‘yxatiga kiritadi.
  4. Har bir sinov bayonnomasi kirish nazoratidan o‘tkaziladi, laboratoriya faoliyati yiliga kamida bir marta monitoring qilinadi.
  5. Akkreditatsiyasi to‘xtatilgan yoki bekor qilingan laboratoriya ro‘yxatdan chiqariladi.