Akkreditatsiya: O‘ZAK.MS.0078 · O‘z DSt ISO/IEC 17065:2015 Tel.: +998 90 007-58-83 · test_mebel@mail.ruO‘zРусEng
TEST MEBEL TEST MEBELMahsulotlarni sertifikatlashtirish organi Ariza topshirish

Sifat sohasidagi siyosat

Sertifikatlashtirish organining asosiy faoliyat yo‘nalishi — respublikada ishlab chiqarilgan yoki import qilinadigan mahsulotni akkreditatsiya sohasiga muvofiq sertifikatlash orqali aholini sifatli va xavfsiz mahsulot bilan ta’minlashga sharoit yaratish.

Rahbariyat va barcha xodimlar sertifikatlash bo‘yicha har bir arizani milliy sertifikatlash tizimi me’yoriy hujjatlari talablariga muvofiq sifatli bajarishni o‘z maqsadi deb biladi. Buning uchun O‘z DSt ISO/IEC 17065:2015 talablariga mos sifat menejmenti tizimi ishlab chiqilgan va joriy etilgan.

Organ kafolatlaydi

  • xolislik siyosatiga muvofiq sertifikatlash natijalarining xolisligi, obyektivligi va ishonchliligi;
  • ma’lumotlarning maxfiyligi;
  • xodimlarning yuqori kompetentligi;
  • ishlarni belgilangan muddatda, yuqori sifat bilan va maqbul narxda bajarish;
  • arizachilar va boshqa manfaatdor tomonlar talablarini qondirish uchun tizimni doimiy takomillashtirish.

Sifat sohasidagi maqsadlar

  • arizalarning 100 % i bo‘yicha qaror va sertifikatni 502-son qaror va PSK-02 da belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish;
  • xolislik yoki tartib buzilishi bilan bog‘liq asosli shikoyat va apellyatsiyalar bo‘lmasligi;
  • ichki auditlar, monitoring va xodimlarni o‘qitish rejalarini 100 % bajarish;
  • nomuvofiqliklarni tuzatish harakatlari rejasida belgilangan muddatda bartaraf etish;
  • yiliga kamida bir marta Xolislik bo‘yicha qo‘mita tomonidan xolislik tahlili.

Siyosat “TEST MEBEL” MChJ direktori tomonidan tasdiqlangan (PSK-01-A).