Ariza topshirish
Majburiy sertifikatlash uchun ariza
Ariza 502-son qarorning 9-bandiga muvofiq sertifikatlashtirish axborot tizimi orqali beriladi. Arizada organ sifatida “TEST MEBEL” MChJ mahsulotlarni sertifikatlashtirish organini (O‘ZAK.MS.0078) tanlang.
sertifikat.tris.uzYagona darcha (singlewindow.uz)
Tayyorlab qo‘yiladigan hujjatlar
- mahsulot nomi, TIF TN kodi va mahsulotga me’yoriy hujjat (GOST, O‘z DSt, TSh);
- seriyali mahsulot uchun (1С) — buyum, to‘plam yoki seriyaning texnik tavsifi va chizmalari;
- import mahsulot uchun — invoys yoki hisob-faktura, yuk xati (tovar kuzatuv hujjati), mavjud bo‘lsa kelib chiqish sertifikati;
- tovar belgisi (intellektual mulk obyekti) ishlatilgan bo‘lsa — unga huquqni tasdiqlovchi ma’lumot;
- boshqaruv tizimi sertifikati — mavjud bo‘lsa.
Qaysi sxema mosligini bilmasangiz, so‘rov shaklini to‘ldiring — mutaxassis bog‘lanadi.
