Akkreditatsiya: O‘ZAK.MS.0078 · O‘z DSt ISO/IEC 17065:2015 Tel.: +998 90 007-58-83 · test_mebel@mail.ruO‘zРусEng
TEST MEBEL TEST MEBELMahsulotlarni sertifikatlashtirish organi Ariza topshirish

Faoliyatimiz

“TEST MEBEL” mas’uliyati cheklangan jamiyati mustaqil yuridik shaxs bo‘lib, sertifikatlash bo‘yicha barcha faoliyat uchun yuridik javobgar. Jamiyat 2010-yil 1-fevralda ro‘yxatdan o‘tgan. Sertifikatlashtirish organi jamiyat tarkibida tarkibiy bo‘linma sifatida ishlaydi va arizachilar bilan shartnomalarni jamiyat nomidan tuzadi.

Organ respublikada ishlab chiqarilgan yoki import qilinadigan mahsulotni akkreditatsiya sohasiga muvofiq sertifikatlaydi. Maqsad — aholini sifatli va xavfsiz mahsulot bilan ta’minlash uchun sharoit yaratish.

Faoliyat asoslari

  • Vazirlar Mahkamasining 14.08.2024 yildagi 502-son qarori, 2-ilova — Mahsulotni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
  • O‘z DSt ISO/IEC 17065:2015 — mahsulot, jarayon va xizmatlarni sertifikatlovchi organlarga talablar;
  • organning sifat bo‘yicha qo‘llanmasi (PSK-01) va sertifikatlash tartib-taomillari (PSK-02 … PSK-21).

Biz nimalarga kafolat beramiz

  • xizmatlar akkreditatsiya sohasiga kiruvchi barcha arizachilar uchun teng sharoitda ochiq;
  • arizachiga maslahat berilmaydi va sertifikatlash bo‘yicha qaror qabul qilish autsorsingga berilmaydi;
  • arizachi haqidagi ma’lumot maxfiy saqlanadi;
  • kasbiy javobgarlik sug‘urta polisi bilan ta’minlangan.