Mahsulotni sertifikatlash
Sertifikatlash 502-son qarorning 2-ilovasi va PSK-02 “Mahsulotni sertifikatlash qoidalari” bo‘yicha o‘tkaziladi. Sxemani arizachi mahsulot uchun belgilangan sxemalar orasidan tanlaydi.
Arizaga ilova qilinadi
- mahsulot nomi, TIF TN kodi va me’yoriy hujjati ko‘rsatilgan ariza;
- buyum, to‘plam, garnitur yoki buyumlar seriyasining texnik tavsifi (1С sxemasi uchun);
- import mahsulot uchun — O‘zbekiston bojxona hududiga kelganlik belgisi qo‘yilgan tovar kuzatuv hujjati nusxasi (yuk xati, invoys, hisob-faktura);
- intellektual mulk obyektlariga huquqni tasdiqlovchi ma’lumotlar (mavjud bo‘lsa).
Bosqichlar
- arizani ko‘rib chiqish va u bo‘yicha qaror qabul qilish;
- mahsulotni identifikatsiya qilish va namuna olish (PSK-09);
- akkreditatsiyalangan laboratoriyada sinovlar;
- ishlab chiqarishni baholash (tekshirish) — 1С sxemasi uchun (PSK-11);
- natijalarni tahlil qilish va sertifikat berish (rad etish) to‘g‘risida qaror;
- sertifikatni yagona elektron shaklda rasmiylashtirish va davlat reyestriga kiritish;
- sertifikatlangan seriyali mahsulotni davriy baholash.
Mahsulot boshqaruv tizimini sertifikatlash 1С, 3С, 4С sxemalari uchun talab qilinmaydi; tizim sertifikati mavjud bo‘lsa, ariza tahlilida hisobga olinadi.
