Mebel va unga turdosh mahsulotlarni sertifikatlashtirish
Respublikada ishlab chiqarilgan va import qilinadigan mahsulotlarni Vazirlar Mahkamasining 14.08.2024 yildagi 502-son qarori talablari bo‘yicha 1С, 3С va 4С sxemalarida sertifikatlaymiz.
“TEST MEBEL” MChJsertifikatlashtirish organi
- Milliy reyestr
- O‘ZAK.MS.0078
- Standart
- O‘z DSt ISO/IEC 17065:2015
- Soha tahriri
- 10-son, 24.09.2026
- Sxemalar
- 1С · 3С · 4С
- Pozitsiyalar
- 35 ta
MS.0078
Mahsulotingizni sertifikatlaymizmi?
TIF TN kodini yoki mahsulot nomini kiriting — akkreditatsiya sohamiz bo‘yicha natija darhol chiqadi.
Mahsulot guruhlari
Qaysi sxema sizga mos?
Ariza sertifikatlashtirish axborot tizimi orqali beriladi. Sxemani arizachi tanlaydi, organ arizani tahlil qilganda uning mahsulotga mosligini tekshiradi.
Seriyali ishlab chiqarish
Namunalar sinovi, ishlab chiqarishni baholash (tekshirish) va sertifikatlangan mahsulotni davriy baholash. Birinchi davriy baholash — 12 oydan kechikmay.
Mahsulot partiyasi
Ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi (import qiluvchi) uchun. Identifikatsiya, namuna olish, intellektual mulk huquqlarini tekshirish va sinovlar.
Yagona buyum
Bitta buyumni identifikatsiya qilish va uni shikastlamasdan sinash orqali sertifikatlash.
Sertifikatlash qanday o‘tadi
- 01Ariza va tahlilHujjatlarning to‘liqligi tekshiriladi, ariza bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
- 02Identifikatsiya va namunaMutaxassis joyida mahsulotni identifikatsiya qiladi va namuna oladi.
- 03SinovlarNamunalar akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasida (asosan o‘zimizning) sinaladi.
- 04Baholash va tahlilNatijalarni baholashda qatnashmagan Texnik komissiya a’zosi tahlil qiladi.
- 05Qaror va sertifikatSertifikat yagona elektron shaklda rasmiylashtiriladi va reyestrga kiritiladi.
Aniqlik. Xolislik. Ishonch.
Sertifikatlashtirish organi “TEST MEBEL” MChJ tarkibida tarkibiy bo‘linma sifatida faoliyat yuritadi va O‘z DSt ISO/IEC 17065:2015 talablariga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tgan.
Har bir qaror yetarli dalillarga asoslanadi: baholashni bajargan shaxs shu ariza bo‘yicha qaror qabul qilmaydi, xolislikka xavflar esa Xolislik bo‘yicha qo‘mita tomonidan muntazam tahlil qilinadi.